Assalomu Aleykum

Bizning namoz.ga saytimizga tashrif buyurganingizdan xursandmiz. In Shaa Alloh bizning sayt siz uchun manfaatli bo'ladi. Sayt orqali ko'plab islomiy hadislar va ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Bizni qo'llab quvvatlaganingiz uchun rahmat!

Bo'limlar

Bo'limlar orqali hadis va islomiy ma'lumotlarni o'qing!

Hadislar
Islomiy hadislar

Barchamiz uchun manfaatli bo'ladigan hadislar. Ushbu bo'lim Imom Buxoriy, Muslim va boshqa hadisshunoslarning hadislarini o'z ichiga oladi.

Islomiy ma'lumotlar
Ilmingizni oshiring

O'z diniy bilimingizni mustahkamlang. Tahorat, Namoz, Ibodat va boshqa islomiy ma'lumotlarga ega bo'ling va bilimingizni mustahkamlang.

Maqolalar

Bizning so'ngi maqolalar

Mobirise Website Builder
Nima uchun biz — musulmonlar taraqqiyotda dunyodan orqaga qolib ketdik?
Mobirise Website Builder
Qanoat — dilni yorituvchi ne’mat
Mobirise Website Builder
Toʻgʻri ish qilgan paytingda xato qilganni kechir!
Mobirise Website Builder

Shahid Bobo Jome Masjidi

Bomdod:
07:30
Peshin: 
13:30
Asr:
16:00
Shom:
17:40
Xufton:
19:55

Islom dini quyidagi besh asos  ustiga qurilgan:

«Laa ilaaha illalloh, Muhammadur rasululloh» deb dil bilan iqror boʼlish va tilda aytish.

«Iymon» ning maʼnosi tasdiq etish, ishonishdir. Paygʼambarimiz Muhammad alayhissalomga Аlloh taolo tomonidan yetkazilgan barcha narsalarni dil bilan tasdiqlab, ularga til bilan iqror boʼlish «iymon» deyiladi.

Kuniga besh vaqt namoz oʼqish.

Namoz arabchada «solat» deyiladi, lugʼatda «yaxshilikka duo» degan maʼnoni anglatadi. Shariatda esa talab qilingan shartlar asosida takbir bilan boshlanib, salom berish bilan tugaydigan ibodat «namoz» deyiladi.

Moli maʼlum hisobga yetsa, qirqdan bir ulushini Аlloh taʼyin qilgan muhtojlarga ajratish.

«Zakot» soʼzi lugʼatda «poklik» va «oʼsish» degan maʼnolarni anglatadi. Zakot bergan kishining moli poklanadi. Qachon zakotini bersa, poklanadi, boʼlmasa yoʼq. Zakoti berilgan molga baraka kiradi, koʼpayib, oʼsadi.

Ramazon oyida bir oy roʼza tutish.

Shar'iy istilohda esa Ramazon oyida tong otganidan to quyosh botguncha niyat bilan ovqat yemaslik, ichimlik ichmaslik, jinsiy yaqinlik qilmaslik «roʻza» dеyiladi. Roʻza tutish Islom dinining bеsh rukni, bеsh asosidan biridir, Qur'on va Sunnat bilan sobit boʻlgan.

Qodir boʼlsa, umrida bir marta haj qilish.

Haj – Islomning bеsh arkonidan biri boʻlgan ulugʻ rukn, Allohga mahbub ibodatdir. Bu ibodat Alloh taologa yuzlanish, U Zotning tajalliysi, nurining markazi boʻlgan maskanda ado etiladi. Hadisi shariflarda kеlishicha, Baytullohi sharif shunday makonga joylashganki, uning ayni ustida, yettinchi osmonda Baytul Ma'mur, uning ustida esa Alloh taoloning Arshi joylashgan. Alloh taoloning tavajjuhi, nuri va tajalliyoti dastlab Ka'batullohga nozil boʻlib, kеyin butun olamga tarqaladi. Shu sababli bu yerga kеlish baxtiga musharraf boʻlgan musulmonlar uchun ulkan saodat bor.

Muammo haqida xabar bering!

Minnatdormiz

Bizga malumotlarni taqdim etgani uchun islom.uz, shahidlarbobo.uz, islom.ziyouz.com va boshqa manbalarga minnatdorchilik bildiramiz.

Sayt yaratuvchisi:‌

VIPSHAKH

© Copyright 2024 Namoz.ga